Belarus prezidentligiga da'vogar Babarikoga ayblov e'lon qilindi
Himoya tomoni Viktor Babarikoning hibsga olinishi ustidan sudga shikoyat qilgan, ammo hozircha bu bo‘yicha sud bo‘lib o‘tmagan.
Belarus prezidentligiga da'vogarlik qilayotgan Viktor Babarikoga nisbatan Belgazprombank ishi doirasida ayblov e'lon qilindi. Bu haqda siyosatchining advokati Dmitriy Layevskiy ma'lum qildi.
"Bugun Viktor Dmitriyevich bilan uchrashdik, unga nisbatan ayblov e'lon qilingan. Qaysi modda bilan ekanligini aytishim mumkin emas. Viktor Dmitriyevich o‘z huquqi, qarashlari va pok nomini himoya qilish niyatida", — dedi Layevskiy.
U shuningdek, himoya tomoni Babarikoning hibsga olinishi ustidan shikoyat qilganligi, ammo hozircha bu bo‘yicha sud bo‘lib o‘tmaganligini aytdi.
Layevskiy siyosatchining o‘g‘li Eduard bilan boshqa ikki advokat uchrashganini ma'lum qildi.
"Hozircha batafsil ma'lumotga ega emasman, lekin Eduard ham sog‘-salomat ekanligini bilaman", — deb qo‘shib qo‘ydi advokat.
Avvalroq Belarus teleyangiliklar agentligining Telegram-kanali Babariko va o‘g‘li davlat nazorati qo‘mitasining moliyaviy surishtiruv departamentiga olib ketilgani to‘g‘risida xabar qilgandi.
Babariko ilgari Belgazprombankni boshqargan. U lavozimini tark etib, prezidentlik saylovida ishtirok etishini e'lon qilganidan so‘ng oradan bir oy o‘tgach, bankda tintuvlar o‘tkazildi va bir nechta hisbga olishlar amalga oshirildi.
Mavzuga oid
22:18 / 06.07.2021
Yevropa Ittifoqi Belarusdan Viktor Babarikoni darhol ozod etishni talab qildi
13:35 / 06.07.2021
Babariko 2020 yilgi saylovlarda Lukashenkoning asosiy raqibi sifatida ko‘rilgandi. Endi u 14 yilga qamaldi
01:03 / 27.11.2020
Yevroparlament Belarus va Turkiyaga qarshi sanksiyalar haqida rezolyutsiyalarni qabul qildi
00:48 / 25.11.2020