Jamiyat | 14:01 / 21.06.2020
69259
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: O‘zbekistonda qisman quyosh tutilishi kuzatildi

Bugun, 21 iyun kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – halqasimon quyosh tutilishini kuzatishdi. 

Ushbu hodisa Toshkent vaqti bilan soat 10:01da boshlandi va Quyosh tutilishi 2 soat-u 49 daqiqa davom etdi.

Foto: Anvar Ilyasov
Foto: Anvar Ilyasov
Foto: Anvar Ilyasov
Foto: Anvar Ilyasov

Quyosh tutilishining maksimum fazasi soat 11:24da kuzatildi, bu paytda Oy quyosh yuzasining 51 foizini to‘sdi va bu vaqtda quyoshning gorizontdan balandligi 68 darajani tashkil qildi. 

Ushbu tutilish to‘liq shakldagi halqasimon tutilish hisoblanib, tutilishning to‘liq fazasida Quyosh yuzasining 99,4 foizini tashkil qildi. Quyosh tutilishi to‘liq fazasining davomiyligi 38 sekundga teng bo‘ldi.

Ushbu astronomik hodisani Afrika, Arabiston yarim oroli, Yevroosiyo, Yapon va Malay arxipelagi hamda Avstraliya hududlarida joylashgan 111ta davlatda kuzatish mumkin edi.

Keniya, Nayrobi
Hindiston, Kurukshetra
Hindiston, Bangalor
Hindiston, Nyu-Dehli

 

Ma'lumot uchun, halqasimon Quyosh tutilishi deb Quyosh yuzasining markazi Oy tomonidan to‘silganida soya atrofida ingichka yorug‘ halqa hosil bo‘lishiga aytiladi. Quyosh tutilishining halqasimon bo‘lishi Oy va Yer orasidagi masofaning odatdagiga nisbatan kattaroq bo‘lishi bilan izohlanadi. Oy Yerga qanchalik yaqin paytda tutilish bo‘lsa, Quyoshning shunchalik katta qismi to‘siladi.

Tutilish kattaligi (magnitudasi) o‘lcham birligiga ega bo‘lmagan kattalik bo‘lib, u to‘silayotgan jism diski diametrining qancha qismi to‘suvchi jism tarafidan qoplaganligini ifodalaydi. Tutilish kattaligi qiymati 0,0 dan 1,0 oralig‘ida o‘zgaradi va uning qiymatiga qarab tutilishi uchta — qisman, halqasimon va to‘liq tutilish turlariga bo‘linadi.

Mavzuga oid