O‘zbekiston | 07:58 / 22.06.2020
7375
3 daqiqa o‘qiladi

Sardobadagi suv toshqini tufayli evakuatsiya qilingan aholi uchun qancha narsa tarqatilgani ma'lum bo‘ldi

Omborxonalarga 3,1 mln. donadan ortiq shaxsiy himoya va gigiyena vositalari, yotoq va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlari kelib tushgan bo‘lsa, ulardan 2 mln. 743,0 mingga yaqini fuqarolarga tarqatilgan.

Bosh prokuratura Sardobadagi suv toshqini bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettirilayotgani to‘g‘risida xabar berdi. Bu haqda mahkama axborot xizmati ma'lumotida aytilgan.

Qayd etilishicha, davlat rahbarining topshirig‘iga asosan bosh prokuror tomonidan ishchi guruhlar tuzilib, ularga 300ga yaqin prokuratura xodimlari jalb etildi. 

Prokuraturada tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan evakuatsiya qilingan aholining holidan muntazam ravishda xabar olinib, kunlik mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyoj o‘rganib chiqishi natijasida evakuatsiya qilingan har bir fuqaroga birinchi galda kerak bo‘ladigan mahsulot turlari aniqlashtirib olinmoqda.

Bildirilishicha, yashash joylaridan boshqa hududlarga evakuatsiya qilingan aholini nooziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini ta'minlash maqsadida o‘tgan davrda omborxonalarga 3,1 mln. donadan ortiq shaxsiy himoya va gigiyena vositalari, yotoq va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlari kelib tushgan bo‘lsa, ulardan 2 mln. 743,0 mingga yaqini fuqarolarga tarqatilgan.

Ma'lum qilinishicha, 76 267 dona matras, ko‘rpa va yostiq, 134 133 dona sovun va kir yuvish vositalari, 83 594 dona shaxsiy gigiyena vositalari, 1 mln. 798,4 ming dona kiyim-kechak, 570,7 ming dona tibbiy buyumlar, 522 ming dona boshqa buyumlar kelib tushgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida 5 iyun kuniga qadar ushbu ehtiyojlar to‘liq bartaraf etilishi ta'minlandi. 

Jizzax viloyati bo‘yicha 174 ta kir yuvish kukuni, 160 ta sovun, 176 ta shampun, 162 ta tish pastasi, 192 ta bir martalik soqol olish vositasi, 188 ta ayollar gigiyenik vositalari, 199 ta sochiq, 25 ta matras va ko‘rpa, Sirdaryo viloyati bo‘yicha 10 839 ta kir yuvish kukuni, 14 138 ta sovun, 7 442 ta shampun, 8 510 ta tish pastasi, 6 341 ta bir martalik soqol olish vositasi, 6 926 ta ayollar gigiyenik vositalari, 20 598 ta pampers, 10 821 ta sochiq, 18 205 ta kiyim-kechak, 11 968 ta oyoq kiyimi, 4 971 ta yostiq, 9 640 ta matras va ko‘rpa tarqatildi.

Shu kunga qadar omborxonalarga gumanitar yordam sifatida 16 ta turdagi 2 ming 998 tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari kelib tushdi. Ushbu mahsulotlar jabrlanganlarning ehtiyojlarini tezkor ravishda o‘rganish  orqali manzilli yetkazib berilmoqda. 

59,6 tonna go‘sht va tayyor go‘sht mahsulotlari, 367,7 tonna un va 115,7 tonna makaron, 75,7 tonna shakar, 335,4 tonna guruch, 73,6 tonna o‘simlik yog‘i, 5,8 tonna sariyog‘, 335,1 tonna kartoshka, 235,1 tonna sabzi, 266,4 tonna piyoz, 62,7 ming dona non va 287,5 ming dona tuxum mahsulotlari aholiga yetkazib berildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid