O‘zbekiston | 08:50 / 22.06.2020
20728
1 daqiqa o‘qiladi

Turkish Airlines O‘zbekistonga muntazam reyslarni tiklamoqda

1 iyuldan boshlab Turkish Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan aviareyslarni qayta yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda aviakompaniya saytida aytilgan.

Reyslar haftada to‘rt marta amalga oshiriladi: Istanbuldan Toshkentga - seshanba, chorshanba, shanba va yakshanba kunlari, Toshkentdan Istanbulga - dushanba, seshanba, juma va shanba kunlari.

Hozirgi vaqtda Turkiya chet el fuqarolarining mamlakatga kirishiga ruxsat bermoqda, ammo chegarada yo‘lovchilarni tibbiy nazorat qilish amalga oshirilmoqda. Bu COVID-19 koronavirus kasalligiga ehtimoliy testni ham o‘z ichiga olgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid