Avtoraqamlar savdosi keskin oshdi
8-21 iyun kunlari 12,9 mlrd so‘mlik 4,3 mingta avtoraqamlar sotildi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 iyundagi 350-son qarori qabul qilinishi bilan O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining Avtoraqam savdo tizimida avtoraqamlarning onlayn sotuvlarini keskin o‘sishi kuzatilmoqda.
Birja xabariga ko‘ra, joriy yilning 8-21 iyun kunlari avtoraqam.uzex.uz saytida jami 12,9 mlrd so‘mlik 4,3 mingta avtoraqamlar sotildi va bu yuqoridagi qaror qabul qilinishidan avvalgi mos davrga nisbatan 43 foizga ko‘p.
Bunda sotilgan avtoraqamlarning soni bo‘yicha o‘sish 2,5 barobarni, xaridorlarining soni bo‘yicha 3,3 marotabani tashkil qildi. O‘tkazilgan auksionlar mobaynida bitta lotga o‘rtacha 41 ta takliflar kelib tushdi, o‘sish 23,4 foizni tashkil qildi.
Avtoraqamlar bo‘yicha savdolarning faollashuvi birjaning onlayn-auksioni orqali sotiladigan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari (RO‘DRB) toifalarining kengayishi, shuningdek, ularning ba'zilarining boshlang‘ich narxlarining pasayishi bilan bog‘liq ekani aytiladi.
Toshkentda harflar kombinatsiyasi bir xil bo‘lgan avtoraqamlarning boshlang‘ich qiymati 50 BHMdan (bazaviy hisoblash miqdori) 40 BHMgacha, va mos ravishda har xil kombinatsiyali avtoraqamlarning narxi 40 BHMdan 30 BHMgacha pasaytirilgan.
Mavzuga oid

07:52 / 15.04.2025
Faqat birja orqali sotiladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi

21:05 / 27.03.2025
Buxoro neft zavodi jarimaga tortilgan. Raqobat qo‘mitasi tafsilotlarni ochiqlamadi

13:45 / 13.02.2025
2024 yilda eng qimmat avtoraqam qanchaga sotilgani ma’lum bo‘ldi

19:04 / 20.01.2025