Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sog‘liqni saqlash, xalq ta'limi va veterinariya sohalari bo‘yicha maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi
Respublika hududlaridagi sog‘liqni saqlash, xalq ta'limi, veterinariya sohalarida oliy ma'lumotli kadrlarga mavjud yuqori ehtiyojni qoplash maqsadida maqsadli qabul ko‘rsatkichlari belgilandi.
O‘zbekiston ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta'lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha, shuningdek, magistratura uchun mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi tasdiqlandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabarida aytilishicha, Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga muvofiq tegishli vazirlik va mahalliy hokimliklar buyurtmalari asosida respublika hududlaridagi sog‘liqni saqlash, xalq ta'limi, veterinariya sohalarida oliy ma'lumotli kadrlarga mavjud yuqori ehtiyojni qoplash maqsadida maqsadli qabul ko‘rsatkichlari belgilandi.
Bunda 2020/2021 o‘quv yilida respublika oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosida jami 2537 ta ajratildi.
Jumladan:
sog‘liqni saqlash sohasi uchun tumanlar kesimida – 1 507 ta;
xalq ta'limi sohasi uchun tumanlar kesimida – 805 ta;
veterinariya sohasi uchun hududlar kesimida – 225 ta.
Mavzuga oid
10:03 / 01.01.2025
1 yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi
14:50 / 06.08.2024
Magistratura uchun rad etilgan arizalarni tahrirlashga qo‘shimcha muddat berildi
11:00 / 01.08.2024
1-sinf uchun mikrohududdan tashqari maktablarga qabul boshlandi
14:56 / 01.07.2024