Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Obamani davlatga xiyonat qilishda aybladi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zidan avvalgi prezident Barak Obamani 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtidagi “ayg‘oqchilik” uchun davlatga xiyonat qilishda aybladi.
“Bu davlatga xiyonatdir. Ular mening kampaniyam ortidan ayg‘oqchilik qilishgan, men bu haqda ancha oldin gapirgandim. Men o‘shanda haq bo‘lgan ekanman”, deb aytgan Tramp CBN News telekanaliga bergan intervyusida.
May oyida Tramp Obamani “AQSh tarixidagi eng yirik siyosiy jinoyatni sodir etishda” ayblagan, biroq gap nima haqida borayotganiga aniqlik kiritmagan. Bundan avvalroq esa Oq uy rahbari Obama prezident bo‘lgan vaqtda uning Rossiya bilan aloqalarini o‘rnatish maqsadida uning ortidan kuzatuv olib borilganini aytgan.
Demokratlarning aybloviga ko‘ra Trampning Rossiya bilan ehtimoliy aloqalari masalasi tergovi bilan maxsus prokuror Robert Myuller shug‘ullangan. Tramp ham, Moskva ham “o‘zaro til biriktirganlik” borasidagi ayblovlarni bir necha marta rad etishgan. Tergov ham Trampning Rossiya bilan aloqalari yo‘qligini ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
18:34 / 11.02.2025
“Deportatsiya noinsoniy ruhda kechyapti, amerikaliklar ham shokda” – Nyu Yorkdagi yurist bilan suhbat
15:23 / 04.02.2025
Trampning yangi bojlaridan hamma, xususan AQShning o‘zi ham yutqazadi - ekspertlar
09:59 / 07.11.2024
Sobiq prezident Obama Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
02:48 / 06.11.2024