O‘zbekiston | 13:31 / 24.06.2020
125317
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Rossiya bilan aviaqatnovni qachon tiklashi ma'lum bo‘ldi

Joriy yilning iyul-avgust oylarida O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan aviaqatnovni tiklamoqchi.

«Iyul-avgust oylarida Turkiya, Rossiya, BAA va Qozog‘iston bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklash bo‘yicha takliflar Respublika maxsus komissiyasiga kiritildi», - dedi vazirlik matbuot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda.

Transport vazirligi vakilining ta'kidlashicha, birinchi bosqichda paritet asosda muntazam parvozlarni tiklash haqida gap ketmoqda.

Shuningdek, COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat barqaror bo‘lgan mamlakatlarga muntazam parvozlar sanitariya-epidemiologik me'yorlar hamda cheklovlarni hisobga olgan holda tiklanadi.

Avvalroq, Transport vazirligi «Moskva–Toshkent» aviachiptasi narxi 700 dollardan oshib ketgani haqidagi xabarlarni rad etgandi.

Mavzuga oid