Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo O‘zbekistonda majburiy mehnatning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga baho berdi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo payshanba kuni odam savdosi bilan bog‘liq yillik hisobotni taqdim etdi.
U ushbu muammoga qarshi kurashda butun mintaqa uchun namuna bo‘lgan O‘zbekistonning sa'y-harakatlarini alohida ta'kidlab o‘tdi.
«Markaziy Osiyoning ba'zi mamlakatlari odamlarni paxta sanoati va boshqa sohalarda ishlashga majburlash bo‘yicha uzoq tarixga ega. O‘zbekistonning sa'y-harakatlari mintaqa davlatlari uchun ushbu muammoga qarshi kurashning yangi standartlarini namoyish etmoqda», - dedi Pompeo.
Davlat kotibi o‘tgan yili prezident Tramp bir yil muqaddam odam savdosi bo‘yicha hisobotda eng past reytingga ega bo‘lgan 15ta davlatga muayyan turdagi yordamni cheklab qo‘yganini esladi.
«Biz davlat darajasida qo‘llab-quvvatlanadigan odam savdosiga juda jiddiy yondashamiz,- dedi Pompeo. - Bu har qanday hukumatning asosiy vazifasini buzishdir: huquqlarni bostirish emas, balki himoya qilish... Qo‘shma Shtatlar hanuzgacha qullikda bo‘lganlarni ozod qilish uchun tinimsiz ishlayapti. Biz ozodlikka chiqqanlarning hayotini tiklashga yordam beramiz. Biz ularni qiynoqqa solganlarni jazolaymiz».
AQSh davlat kotibining ta'kidlashicha, agar dunyodagi biron bir hukumat odam savdosiga qarshi yetarli choralar ko‘rmasa, Qo‘shma Shtatlar chetdan qarab turmaydi
Mavzuga oid
20:07 / 18.03.2025
Paxtachida TTB boshlig‘i xodimlarini ovoz yig‘ishga majburlayapti. U 200 ta monoblok va 50 ta printerni nima qilmoqchi?
13:31 / 18.03.2025
«Tashabbusli budjet»da majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi
11:20 / 14.03.2025
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
11:58 / 12.11.2024