Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron 3,6 kilometrdan oshiq balandlikka ko‘tarila oladigan yangi uchuvchisiz uchar qurilmani taqdim etdi
Qurilma soatiga 140 km tezlikka chiqishi mumkin va havoda 10 soat 30 daqiqa davomida parvoz qila oladi.
Eron harbiylari yangi «Miroj-1» mahalliy, razvedka maqsadlariga yo‘naltirilgan uchuvchisiz uchar qurilmani namoyish etdi. Bu haqda shanba kuni Tasnim agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, og‘irligi 35 kg bo‘lgan uchuvchisiz uchar qurilmaning qanotlari 3,6 metrga teng bo‘lib, 12 ming fut (3650 m) balandlikka ko‘tarila oladi. Qurilma soatiga 140 km tezlikka chiqishi mumkin va havoda 10 soat 30 daqiqa davomida parvoz qilish imkoniga ega. Uchuvchisiz uchar qurilma 150 km masofada ma'lumotlarni uzatishi va qo‘shimcha 5 kg.gacha og‘irlikni ko‘tarishi mumkin.
Eron uzoq yillar davomida harbiy sanoatni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. U ballistik raketalarni ishlab chiqishda jiddiy yutuqlarga erishdi. Bundan tashqari, mamlakat rasmiylari vaqti-vaqti bilan mahalliy uchuvchisiz uchar qurilmalar namunalarini namoyish qilmoqda. 2019 yil 1 sentyabrda Eron qurolli kuchlari yangi «Kiyan» uchuvchisiz uchar qurilmani taqdim etdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025