Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada fuqaroni 127 mln so‘mlik metall buyumlarga «uxlatgan» shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
34 yoshli I.E. O‘zbekiston Respublikasi IIVning ishonch telefoni “1002” orqali murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
U Farg‘ona shahrida yashovchi 37 yoshli A.X. 2019 yilning fevral-mart oylarida yashash xonadonida mavjud bo‘lgan 127.300.000 so‘mlik metall buyumlarni pulini bir oy muddatda berish sharti bilan olib ketib, metall buyumlarni bozorda sotib yuborib, savdodan tushgan pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, mazkur pullarni olishda amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, firibgarlarga ishonib qolmang, o‘z ixtiyoringizda bo‘lgan buyumlar, boyliklarni oldi-sotdi masalalarida o‘ta ehtiyot bo‘lishingizni va qonunda belgilangan tartibda amalga oshirishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025