Jamiyat | 11:44 / 27.06.2020
8612
3 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda choyxonaga borgan shaxsning yonidan giyohvandlik vositasi topildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2020 yil 23 iyun kuni soat 21:30da Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Sarbozor MFY hududida joylashgan “Mingchinor” choyxonasida IIB xodimlari tomonidan “Qoradori-2020” tadbiri o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, tadbir jarayonida 27 yoshli M.N. uch dona polietilen paketga solingan yashil rangli, o‘ziga xos o‘tkir hidli, quritilgan holdagi o‘simlikni 4 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan 4 mln. so‘m pul hamda uch dona polietilen paketdagi o‘simliklar xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida M.N. mazkur o‘simlikni tog‘asi 59 yoshli M.Q.dan sotib olganligini ma'lum qilgan.

Ushbu olingan ma'lumotga asosan IIB xodimlari tomonidan fuqaro M.Q.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganida uyning yuvinish xonasidan uch dona poliyetilen paketga solingan yashil rangli o‘ziga xos o‘tkir hidli, quritilgan holdagi o‘simliklar topilib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasida, M.N.dan olingan o‘simlik moddalari “opiy” guruhiga mansub bo‘lgan vazni 1 792 grammni tashkil qilgan “ko‘knor somoni” ekanligi M.Q.ning xonadonidan olingan o‘simlik moddalari “opiy” guruhiga mansub bo‘lgan vazni 1 938 grammni tashkil qilgan “ko‘knor somoni” ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.N. va M.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid