Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e'lon qilgan Chernogoriyada yangi kasallanish holatlari qayd etildi
May oyining ikkinchi qismida koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e'lon qilgan Chernogoriyada yana kasallanish holatlari qayd etila boshlandi. Jumladan, mamlakatda 2 kishi koronavirusdan vafot etgan, yana bir kishi virusdan vafot etgani taxmin qilinmoqda.
Ma'lum qilinishicha, so‘nggi sutkada mamlakatda 438 kishi koronavirusga test topshirgan va ulardan 12 nafarida natijalar musbat chiqqan. Virusga chalinish holatlari Rojaye, Podgoritsa, Budva va Bar shaharlarida qayd qilingan.
Avvalroq Chernogoriya hukumati huzuridagi yuqumli kasalliklar bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashi mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari ko‘payayotgani sababli barcha siyosiy va diniy yig‘inlar o‘tkazilishini taqiqlab qo‘ygandi. Chernogoriya mayning ikkinchi yarmida epidemiya ustidan g‘alaba qozonganini e'lon qilganiga qaramay, mamlakatda iyun o‘rtalaridan yangi kasallanish holatlari aniqlana boshlangan.
Aholisi 630 ming kishilik Chernogoriya Yevropaning koronavirus yetib borgan oxirgi davlati bo‘lgandi. Mamlakatda ilk kasallanish holati 17 mart kuni qayd qilingan. Mamlakat Yevropada koronavirusga chalinganlar to‘liq sog‘aygan ilk davlat bo‘lgandi.
Mavzuga oid
12:12 / 04.01.2025
Chernogoriya shov-shuvli qotillikdan so‘ng qurol haqidagi normalarni kuchaytiradi
10:38 / 02.01.2025
Chernogoriyadagi otishmada 12 kishi halok bo‘ldi
23:07 / 28.12.2024
Chernogoriyada qo‘lga tushgan kriptomagnat AQShga ekstraditsiya qilinadi
08:52 / 09.12.2024