Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp o‘z va'dasiga zid ravishda AQShdagi tartibsizliklar vaqtida golf o‘ynagani yo‘l oldi
AQSh prezidenti Donald Tramp poytaxt Vashingtonda qonun va tartib saqlanishi uchun shaharda qolishga va'da berganiga qaramay, Virginiya shtatiga golf o‘ynagani yo‘l olgan.
Trampni AQShda tartibsizliklar davom etayotgan vaqtda Virginiyadagi golf-klubda ko‘rishgan. U bundan avvalroq dam olish kunlari golf o‘ynash uchun Nyu-Jyersi shtatiga rejalashtirgan safarini bekor qilgan. O‘shanda Tramp buni namoyishlar davom etayotgan Vashingtonda tartib haqida qayg‘urishi bilan tushuntirgandi.
24 may kuni ham Tramp AQShda koronavirus pandemiyasi hali avji nuqtada bo‘lgan pallada golf o‘ynagan va bunda ijtimoiy masofalashuvning bir qator qoidalarini buzgan. Golf o‘yinida qatnashganlarning ko‘pchiligida niqoblar bo‘lmaganidan tashqari, Tramp boshqa odamlar bilan qo‘l berib so‘rashgani jamoatchilik tanqidiga sabab bo‘lgan.
May oxiridan beri AQShning ko‘plab shaharlarida qora tanli Jorj Floyd o‘limidan keyin politsiya bilan to‘qnashuvlar va tartibsizliklar bilan kechayotgan ommaviy noroziliklar davom etmoqda.
Mavzuga oid
20:56 / 11.06.2024
Qozog‘istonda prezident qarorgohiga hujum qilganlar turli muddatga qamaldi
19:06 / 01.07.2023
Fransiya prezidenti mamlakatdagi tartibsizliklarda videoo‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlarni aybladi
15:56 / 23.02.2022
Nega boy odamlar golf o‘ynashni yoqtiradi?
21:36 / 10.01.2022