Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Interpol Eronning Trampni qo‘lga olish talabini rad etdi
Interpol Eron sud hokimiyatining Islom inqilobi muhofizlari korpusi generali Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun AQSh prezidenti Donald Trampning xalqaro qidiruvga berish talabini bajara olmasligini ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, Interpolning ichki qoidalari Eronning talabini qanoatlantirishga imkon bermaydi, chunki tashkilotda “siyosiy, harbiy, diniy va irqiy ko‘rinishdagi biror-bir aralashuv yoki harakatni amalga oshirish” taqiqlangan. Shu sababli Interpolda Tehronning murojaatini ko‘rib chiqish rad etilgan.
Avvalroq Eron sud hokimiyati Sulaymoniyning o‘limi uchun Trampni xalqaro qidiruvga berish talabi bilan Interpolga murojaat qilgan. Ta'kidlanishicha, Tehron generalni o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etgan va bu masala bilan shug‘ullangan 36 kishini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.
Qosim Sulaymoniy 2020 yilning 3 yanvar kuni Iroq poytaxti Bag‘dodda AQSh harbiylari o‘tkazgan operatsiya natijasida o‘ldirilgandi.
Pentagonda Sulaymoniyni o‘ldirishni shaxsan prezident Tramp buyurgani aytilgan. AQShda general Bag‘doddagi xalqaro koalitsiya bazasiga va AQSh elchixonasiga hujumlarga aloqador deb hisoblangan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
18:05 / 26.05.2025
Qotillikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik Salvadordan Rossiyaga ekstraditsiya qilindi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025