Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST koronavirusning kelib chiqishini o‘rganish uchun Xitoyga o‘z mutaxassislarini jo‘natadi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kelasi hafta koronavirusning kelib chiqishini o‘rganish uchun Xitoyga o‘z mutaxassislarini yuboradi. Bu haqda JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus ma'lum qildi.
“Biz bu virus haqida hammasini, jumladan u qachon tarqalishni boshlaganini bilganimizda unga qarshi yaxshiroq kurasha olamiz va kelasi hafta shu maqsadda Xitoyga jamoa yuboramiz”, deb aytib o‘tgan JSST rahbari Jyenevadagi brifingda.
Gebreyyesusning ta'kidlashicha, ushbu ish koronavirus qanday tarqalishni boshlaganini tushunishga va kelgusida turli kasalliklar avj olishiga qanday tayyorlanish kerakligini bilishga yordam beradi.
AQShda va Yevropaning ba'zi davlatlarida koronavirus pandemiyasi yuzaga kelishida Xitoy javobgar ekanligi aytib kelinmoqda. Shuningdek, virus sun'iy yo‘l bilan yaratilgan bo‘lishi mumkinligi haqida taxminlar bildirilgan. Pekin bu ayblovlarni rad etmoqda.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025