Koronavirus sababli erkak otasini ko‘rish uchun yolg‘iz holda okeanni kechib o‘tdi
Argentinalik erkak koronavirus pandemiyasi sababli barcha xalqaro aviareyslar bekor qilingandan keyin vatanida qolgan otasini ko‘rish uchun yolg‘iz holda okeanni kechib o‘tdi.
47 yoshli Xuan Manuel mart oyida pandemiyaning avji pallasida Portugaliyaning Portu-Santu orolida bo‘lgan. Vatani Argentinada esa uning oilasi, jumladan keksa otasi qolgan. Mahalliy hokimiyat koronavirus sababli barcha xalqaro aviareyslarni bekor qilgach, erkak uzoq vaqt oilasidan ayro qolishiga to‘g‘ri kelgan.
Manuel Argentinada qolgan keksa otasi Karlos Alberto Ballesterodan ayniqsa juda qayg‘urgan va vataniga o‘zining yelkanli qayig‘ida Atlantika okeani orqali suzib borishga qaror qilgan. “Men oilam bilan uchrashish uchun barchasiga tayyor edim”, deb tan olgan erkak. Unga bunday xavfli sayohatga jazm qilishida otasining dengizchilik bo‘yicha bergan saboqlari asqotgan.
Erkak yo‘lda oziq-ovqat zaxiralarini va qayig‘ini yonilg‘i bilan to‘ldirish uchun bir nechta portlarda to‘xtashiga to‘g‘ri kelgan. U olis yo‘lning oxiriga yaqin qolganda kuchli dovulga tushib qolgan va Braziliyada qo‘shimcha to‘xtashni amalga oshirishga majbur bo‘lgan. Shu sababli uning safari 85 kunga cho‘zilib ketgan. “Barcha qiyinchiliklarga qaramay, menda taslim bo‘lish va Portugaliyaga qaytish fikri biror marta paydo bo‘lmagan”, deb aytgan Manuel. U yomon fikrlardan chalg‘ish uchun yo‘lda radio tinglagan va tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lgan.
17 iyunda Manuel nihoyat Argentinaga yetib kelgan. U oilasi bilan uzoq kutilgan uchrashuvdan oldin koronavirusga tahlil topshirgan. Manuel manfiy javob olgach, darhol otasini 90 yoshi bilan qutlashga yo‘l olgan.
Argentinalik og‘ir kechgan 85 kunlik sayohatga qaramay, okeanga yana chiqishni sabrsizlik bilan kutayotganini aytgan.
Mavzuga oid
16:49 / 16.11.2024
Okean suvlarining isishi chig‘anoq hosil qiladigan planktonlarga xavf solmoqda - tadqiqot
16:12 / 23.10.2024
Argentinada soliq xizmati tugatildi
13:19 / 07.10.2024
Infantino va «futzal Pelesi» kelgan, Braziliyaning omadi chopgan finaldan eksklyuziv fotojamlanma
20:30 / 24.09.2024