Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda so‘nggi bir kunda Covid-19 bilan bog‘liq 44,7 mingdan ortiq yangi holat qayd etildi
Mamlakatda jami 2,6 mln kishi koronavirus yuqtirgan, 127 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
AQShda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq yangi holatlar oxirgi sutkada 44,7 mingtaga oshdi, mingdan ortiq bemor vafot etdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma'lum qildi.
Universitetning ma'lumotiga ko‘ra, AQShda oxirgi 24 soat ichida 44 766ta zararlanish holati qayd etilgan va 1277 bemor vafot etgan.
Bir kun avval bu ko‘rsatkich mos ravishda 41556 va 337tani tashkil etgandi.
Jons Hopkins universiteti ma'lumotlarida ko‘rsatilishicha, mamlakatda jami 2,6 mln kishi koronavirus yuqtirgan, 127 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Butun dunyo bo‘yicha esa 10,4 millionta holat va 511 mingta o‘lim qayd etilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025