Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘nalishlarda avtotransport harakati muntazamligini aniqlash yo‘riqnomasi tasdiqlanadi
Shahar, shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlarda avtotransport vositalari harakat muntazamligini aniqlash bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqlanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Shahar, shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlarda avtotransport vositalari harakat muntazamligini aniqlash bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Yo‘riqnomaga ko‘ra, harakat muntazamligi tashishlarni tashkil etishning va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasining asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Yo‘nalishdagi avtotransport vositalari harakati agarda avtotransport vositasi dispetcher tomonidan belgilangan vaqt va jadval bo‘yicha reysga jo‘nab ketsa hamda barcha nazorat oraliq punktlaridan o‘z vaqtida o‘tib, yo‘l qo‘yiladigan tafovutlarni hisobga olgan holda dispetcher yoki qatnov jadvali tomonidan belgilangan vaqtda oxirgi bekatga yetib kelsa muntazam hisoblanadi.
Harakat muntazamligi ikkita shartga rioya qilganda ta'minlanadi:
a) yo‘nalish jadvalida ko‘zda tutilgan barcha reyslar to‘liq (100 foiz) bajarilganda;
b) avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan qatnov jadvaliga aniq rioya qilinganda va har bir reys muntazamligi barcha haydovchilar tomonidan ta'minlanganida.
Avtotransport vositalari muntazam harakatlanganda quyidagilar ta'minlanishi shart:
a) yo‘l harakati xavfsizligi;
b) avtotransport vositalarini kutishga yo‘lovchilar vaqt sarfini qisqartirish;
v) yo‘lovchilar harakatlanishiga vaqtni qisqartirish;
g) avtotransport vositalarini teng miqdorda to‘ldirish va yo‘nalishdagi barcha avtotransport vositalari o‘rtasida yo‘lovchilarni taqsimlash;
d) safar uchun yo‘lovchilar tomonidan o‘z vaqtida haq to‘lash imkoniyati;
ye) tashishlarning yuqori ishonchliligi, o‘z vaqtida amalga oshirilishi va uzluksizligi;
j) xizmat ko‘rsatish madaniyati;
z) avtotransport vositalaridan foydalanish muddatini uzaytirish;
i) haydovchilar mehnat samaradorligini oshirish, safarlarning o‘rtacha uzoqligini qisqartirish va tashish tannarxini kamaytirish.
Qatnov jadvali bajarilishi bahosini hisoblashda bir yo‘nalishdagi belgilangan yo‘nalish bo‘yicha reyslar, jadvalda ko‘zda tutilgan va alohida jadval bo‘yicha harakat grafigiga kiritilgan aylanma reyslar, qisqartirilgan va qo‘shimcha reyslar, shuningdek nol reyslar qabul qilinadi.
Ko‘rsatilgan reyslar muntazam (to‘laqonli) yoki nomuntazam (to‘laqonli emas) deb tan olinishi mumkin.
Reys quyidagi holatlarda muntazam (to‘laqonli) hisoblanadi:
a) qatnov jadvali bilan belgilangan jo‘nash-yakuniy bekatga kelish bajarilgan va mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tafovutlarni hisobga olib oraliq to‘xtash bekatlari orqali to‘xtash vaqti buzilmagan bo‘lsa;
b) oraliqni tenglashtirish yoki boshqa yo‘nalishda harakatni kuchaytirish uchun amaldagi jadvaldan tafovut bilan ketgan avtotransport vositasi haydovchisi dispetcher tomonidan belgilangan vaqtda reysni amalga oshirsa;
v) muzlama, qor, tuman sababli harakatning o‘ziga xos tartibiga o‘tishda avtotransport vositasi haydovchisi dispetcher tomonidan belgilangan vaqtda reysni amalga oshirsa;
g) harakat operativ oraliq bilan yo‘lovchilar talabiga ko‘ra tashkil qilingan beqaror yo‘lovchi oqimiga ega yo‘nalishli taksilar yo‘nalishlarida 1 soat ish vaqti va naryadda belgilangan vaqtda ish bajarilsa.
Agar avtotransport vositasi belgilangan tafovutlarni hisobga olib jadvalda ko‘zda tutilgan vaqtda korxonadan chiqib ketsa va yo‘nalishning boshlang‘ich punktiga yetib kelsa hamda oxirgi punktdan jo‘nab ketib, korxonaga yetib kelsa, avtotransport vositasi tomonidan bajarilgan nol reys muntazam deb hisoblanadi.
Jadvaldan ruxsat etilgan tafovutlardan ortiq holda amalga oshirilgan reyslar ularga olib kelgan sabablardan qat'iy nazar (temir yo‘l kesishmasi, tirbandlik va boshqalar) quyidagi holatlarda nomuntazam hisoblanadi:
a) avtotransport vositasining yo‘nalishning boshlang‘ich (oxirgi) punktiga o‘z vaqtida yetib kelmasligi;
b) avtotransport vositasining yo‘nalishning boshlang‘ich (oxirgi) punktidan o‘z vaqtida jo‘namasligi;
v) qatnov jadvaliga ko‘ra yoki dispetcher tomonidan belgilangan oraliqqa muvofiq oraliq to‘xtash punktlaridan o‘tishda avtotransport vositasining o‘z vaqtida yetib kelmasligi;
g) qatnash yo‘nalishining o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirilishi yoki reysning qisqartirilishi;
d) dispetcher yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan belgilangan reys vaqtining bajarilmasligi;
ye) punktga avtotransport vositasining kelgani-jo‘nab ketgani to‘g‘risida chipta-hisob varag‘ida qaydning yo‘qligi va harakat vaqtini majburiy qayd qilish ko‘zda tutilgan chipta raqamlari yozuvlari mavjud emasligi.
Avtotransport vositalari harakat muntazamligi buzilishining asosiy sabablari quyidagilar:
a) reys vaqtining (sutka davrlari va yo‘nalishning nazorat uchastkalari bo‘yicha tabaqalashtirilgan) haqiqiy yo‘l va yo‘nalishdagi boshqa harakat sharoitlariga muvofiq emasligi;
b) yo‘nalishga harakat tarkibining o‘z vaqtida chiqarilmasligi yoki to‘liq bo‘lmagan tarkibda chiqarilishi;
v) texnik va boshqa sabablarga ko‘ra yo‘nalishdagi harakat tarkibining turib qolishi hamda garajga muddatidan oldin qaytishi;
g) ko‘cha harakati kechikishlari;
d) avtotransport vositalarini boshqarishning belgilangan tartibini haydovchilar tomonidan buzilishi;
ye) shahar transportining boshqa turlarida harakat kechikishi (shahar elektr transportida elektr yo‘qligi) sababli yo‘lovchi oqimi taqsimotiga tezkor o‘zgartirishlar kiritilishi;
j) yo‘llarda qurilish-ta'mirlash ishlari.
Mavzuga oid
08:12 / 29.04.2025
Mart oyida avtotransport vositalari savdosi 3 foizga kamaydi
08:30 / 02.11.2024
Avtotransportning vazni va hajmi ustidan nazorat xususiy sektorga o‘tkaziladi
17:55 / 28.09.2024
“To‘lovlar bir xil bo‘lgach, sharoit ham bir xil bo‘lishi kerak emasmi?” – Namanganda haydovchilar “MRO” ahvolidan norozi
14:00 / 16.04.2024