Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAning «Mubadala» kompaniyasi bilan O‘zbekiston energetika sohasida loyihalar ishlab chiqilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 iyul kuni Yaponiya, Koreya Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari bilan ustuvor qo‘shma loyihalarning borishini hamda savdo-iqtisodiy, investitsion va moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
«2019 yilda Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshirilgan oliy darajali tashrif yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar to‘plami, shu jumladan savdo-iqtisodiy va investitsion bitimlar imzolangan edi. Energetika, infratuzilma, kimyo va neft-kimyo, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Bugungi kunda umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq aniq loyihalar ishlab chiqilmoqda. BAA sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni 141tani tashkil etyapti», deyiladi prezident matbuot xizmatida.
Yig‘ilishda Amirliklar kompaniyalari bilan kelishuvlar o‘z natijasini berayotgani ta'kidlandi.
Xususan, «Masdar» kompaniyasi Navoiy viloyatida 500 MVt quvvatiga ega shamol elektr stansiyasi qurilishiga investitsiya kiritmoqda, sarmoyalarning umumiy hajmi esa 500 million dollardan oshadi.
Abu-Dabi taraqqiyot fondi ishtirokida e'lon qilingan kapitali 1 milliard dollar bo‘lgan qo‘shma investitsiya kompaniyasi ta'sis etildi. Kompaniya ilk loyihalarni moliyalashtirishni boshladi.
Shuningdek, Abu-Dabi taraqqiyot fondi Samarqand shahrining infratuzilmasini modernizatsiya qilishda ishtirok etmoqda.
BAAning «Mubadala» davlat investitsion kompaniyasi bilan energetika sohasida hamda uglevodorodlar qazib olishni ko‘paytirish va ularni chuqur qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya, Koreya Respublikasi va BAA bilan hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritalari»ning 2020 yil uchun belgilangan chora-tadbirlarini to‘liq va sifatli bajarish zarurligini ta'kidladi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, aniq vazifa va chora-tadbirlar belgilab berildi.
Mavzuga oid
19:30 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida kelib chiqqan yong‘in to‘liq o‘chirildi
13:48 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida avariya ro‘y berdi
15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi
20:09 / 03.02.2025