O‘zbekiston | 23:52 / 02.07.2020
62940
2 daqiqa o‘qiladi

Bir kunda 300ga yaqin holat qayd etildi, jami holatlar soni 9 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 82 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 2 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9078 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 33 nafari Jizzax viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 27 nafari aholi orasida), 26 nafari Toshkent shahrida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 20 nafari aholi orasida), 17 nafar Toshkent viloyatida (shundan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 6 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun jami 297ta yangi holat qayd etildi va bu yangi rekord hisoblanadi. Bundan avvalgi rekord 30 iyun kuni qayd etilgandi - o‘sha kuni 281ta yangi holat aniqlangandi.

Shuningdek, 187 bemor tuzalib, jami tuzalganlar soni 6034 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 3017 bemor davolanmoqda. Shundan 16 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid