Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i tashkil etildi
Prezident “Tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bogini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Kitob davlat geologik qo‘riqxonasi davlat muassasasi negizida tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bogini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tasarrufidagi Kitob davlat geologiya qo‘riqxonasi davlat muassasasi negizida tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bogini tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qiladi.
Davlat qo‘riqxonalari tabiiy obektlar va majmualarni muhofaza qilishning qattiq rejimiga ega bo‘ladi, uning hududida har qanday faoliyat taqiqlanadi (ilmiy-tadqiqot faoliyati va atrof tabiiy muhit monitoringini yuritishdan tashqari).
Tabiat bog‘larining hududlari zonalarga ajratilgan bo‘lib, ayrim zonalarida aholining istiqomat qilishiga, yuridik va jismoniy shaxslarning tabiiy obektlar va majmualarga zarar yetkazmaydigan faoliyatiga yo‘l qo‘yiladi.
Mavzuga oid
16:00 / 11.11.2024
Xavotir bilan boshlangan xayrli ish – Farg‘onadagi maktab olma bog‘idan yaxshigina daromad olyapti
12:07 / 09.11.2024
Xorazmda mevaga kira boshlagan intensiv bog‘ buzib tashlandi
12:50 / 05.11.2024
O‘zbekiston va Italiya mevali bog‘ va tokzorlarni barpo etish bo‘yicha hamkorlik qiladi
18:30 / 06.10.2024