London sudi Guaydoni Venesuela prezidenti deb tan oldi
Angliya bankida Venesuelaning 31 tonna quyma oltini saqlanadi. Mamlakat hukumati bu oltinlarning bir qismini qaytarishga ko‘p bor uringan, ammo bankdan rad javobini olgan.

Foto: AP Photo/Paul White
London sudi Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydoni ushbu mamlakatning prezidenti deb tan oldi hamda Venesuelaning amaldagi prezidenti Nikolas Maduroning Angliya bankidagi Venesuela oltinlariga nisbatan huquqini yo‘qqa chiqardi.
London yuqori sudi Venesuela markaziy bankining Britaniya poytaxtidagi bankda saqlanayotgan 1 mlrd dollarlik quyma oltinlarni qaytarib olish uchun bergan da'vosini ko‘rish doirasida ana shunday qaror qabul qildi.
"Hazrati oliyalari hukumati Guaydoni so‘zsiz Venesuela prezidenti deb tan oladi", - dedi sudya Nayjyel Tir.
U shuningdek, London "bundan buyon Maduroni Venesuela prezidenti deb tan olmasligi"ni qo‘shib qo‘ydi.
Qayd etilishicha, Venesuela hukumati tomonidan bu ishda qatnashayotgan advokatlar ushbu qaror ustidan yuqori instansiyaga shikoyat qilishini bildirgan.
Angliya bankida Venesuelaning 31 tonna quyma oltini saqlanadi. Mamlakat hukumati bu oltinlarning bir qismini qaytarishga ko‘p bor uringan, ammo bankdan rad javobini olgan.
Mavzuga oid

15:39
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi

11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi

22:09 / 26.03.2025
Hindiston va Xitoy Trampning tahdidi sabab Venesueladan neft sotib olishni to‘xtatdi

23:42 / 24.03.2025