Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaliklarning aksariyati konstitutsiyaga tuzatmalarni qo‘llab-quvvatladi
Rossiya konstitutsiyasiga taklif qilingan tuzatmalar bo‘yicha ovoz berish ishtirokchilarining 78,03 foizi tuzatmalarni qo‘llab-quvvatladi. Bundan 99 foiz bayonnomalar qayta ishlangandan keyingi ma'lumotlar darak bermoqda.
Ta'kidlanishicha, konstitutsiyaga tuzatmalarga ovoz beruvchilarning 21,16 foizi qarshi chiqqan. Ovoz berishdagi ishtirok 65 foizni tashkil qilgan.
Checheniston, Dog‘iston va Tivada tuzatmalarni ovoz beruvchilarning 90 foizdan ko‘prog‘i qo‘llab-quvvatlagan. Nenets avtonom okrugi ovoz beruvchilarning ko‘pchiligi (54 foizga yaqini) tuzatmalarga qarshi ovoz bergan yagona region bo‘lgan.
Rossiyaliklar tuzatmalar uchun 25 iyundan 1 iyulgacha ovoz bera olishgan.
Rossiya Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilovaning ta'kidlashicha, ovoz berish davrida jiddiy qoidabuzarliklar qayd qilinmagan.
Qonunga ko‘ra, tuzatmalar kuchga kirishi uchun ularni ovoz beruvchilarning yarmidan ko‘prog‘i qo‘llab-quvvatlashi kerak.
Tuzatmalar orasida Rossiya prezident Vladimir Putinga prezident lavozimiga yana nomzodini ilgari surishga va hokimiyat tepasida 2036 yilgacha qolish imkonini beruvchi tuzatma ham bor.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025