Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: UzAuto Motors Buy Back tizimini joriy qiladi
UzAuto Motors o‘z mijozlariga har ikki yilda avtomobilini yangilash imkonini beruvchi yangi tizimni joriy qilmoqda.
Kun.uz’ning kompaniyadagi ishonchli manbasi ma'lum qilishicha, tez orada kompaniya o‘zi ishlab chiqarayotgan avtomobillarni sotishda yangi tizimni ishga tushiradi. Biroq, hozircha, ushbu dasturning qachon, qay yo‘sinda ishga tushirilishi, qaysi modellar qatori mazkur dastur orqali sotilishini manba ma'lum qilmadi.
U Kun.uz muxbiri bilan suhbatda, bu tizim juda yaqin orada joriy qilinadi, deya ta'kidladi.
Jahon avtobozorida Buy Back deb nomlanuvchi dastur, avtohavaskorga har doim yangi avtomobil ustunligidan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
Buy Back tizimi qanday ishlaydi?
Dastur ishtirokchisi dastlabki to‘lovni amalga oshirgach, har oylik to‘lovlarni to‘lash sharti bilan ishlab chiqaruvchining yangi avtomobiliga ega bo‘ladi. Ikki yillik muddat tugagach, xaridor eski avtomobilini dilerga topshirgan holda, mutlaq yangi avtomobilni olishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:43 / 23.05.2025
UzAuto Motors «Cobalt Midnight»ning qimmat narxda sotilayotganini rad etdi
16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”
21:47 / 28.04.2025
Malibu-2 avtomobillari O‘zbekistonga Xitoydan yuborilmoqda - UzAuto Motors
11:55 / 26.04.2025