Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyaning iste'foga chiqqan bosh vaziri va sobiq sog‘liqni saqlash vaziriga nisbatan sud surishtiruvi o‘tkaziladi
Mart oxirlarida tibbiyot xodimlari o‘sha paytdagi bosh vazir Filipp va sobiq vazir Byuzenni Fransiya hududida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq qaziyat bo‘yicha "yolg‘on ishlatish" va ma'lumotlarni yashirishda ayblagandi.
Fransiyada mamlakat sobiq bosh vaziri Eduar Filipp, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Anes Byuzen va hozirgi vazir Olive Veranga nisbatan sud surishtiruvi o‘tkaziladi. Bu haqda mamlakat bosh prokuroriga tayanib Agence France Press (AFP) xabar berdi.
Qayd etilishicha, ular ustidan sog‘liqni saqlash sohasidagi inqiroz borasida shikoyatlar tushgan. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish bilan respublika sudi huzuridagi tergov komissiyasi shug‘ullanadi.
Mart oxirlarida tibbiyot xodimlari o‘sha paytdagi bosh vazir Filipp va sobiq vazir Byuzenni Fransiya hududida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq qaziyat bo‘yicha "yolg‘on ishlatish" va ma'lumotlarni yashirishda ayblagandi.
Ularning ta'kidlashicha, hukumat falokat miqyosi haqida bilishi bilan niqoblar, testlar va boshqa kerakli jihozlarni zaxiralashni boshlashi lozim edi.
Eduar Filipp 2017 yilda bosh vazir kursisini egallagan bo‘lib, 3 iyul kuni iste'foga chiqdi. Uning o‘rniga mamlakat shimolida joylashgan Prad shahri meri lavozimini egallagan Jan Kasteks bosh vazir etib tayinlandi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025