O‘zbekiston | 18:48 / 04.07.2020
5299
2 daqiqa o‘qiladi

«Madaniyat uyi so‘nggi 25 yil davomida faoliyat yuritmagan» – Qibray tumani hokimligi shov-shuvlarga munosabat bildirdi

Qibray tumani hokimligining ma'lum qilishicha, tuman hududidagi buzilayotgan madaniyat uyi TashGRES tomonidan qurilgan bo‘lib, unda bevosita tashkilotning madaniy tadbirlari tashkil etilgan. Madaniyat uyi oxirgi 25 yil davomida faoliyat yuritmagan.

«Mazkur madaniyat uyi «Toshkent issiqlik elektr stansiyalari» AJ tomonidan qurilgan bo‘lib, unda bevosita tashkilotning madaniy tadbirlari tashkil etilgan. Madaniyat uyi oxirgi 25 yil davomida faoliyat yuritmagan. Bino 2006 yilda tadbirkorga sotilgan va xususiy ko‘chmas mulkka aylantirilgan.

Ammo shu kunga qadar inshootdan biror maqsad uchun foydalanilmagani bois, buzilish holatiga kelib qolgan. Madaniyat uyi bugungi kunda yaroqsiz holga kelib qolganligi sababli, buzib tashlanib, o‘rniga 7 qavatli turar joy binosi qurilishi rejalashtirilgan», deyiladi tuman hokimligining xabarida.

Qayd etilishicha, madaniyat uyi xalq orasida TashGRES (hozir ToshIES AJ)ga tegishli bino sifatida qaralsa-da, yuridik jihatdan manzili: Toshkent shahar Yunusobod tumani "Posira" MFY hududiga kiradi.

Qibray tumani hokimining matbuot kotibi Habibulla Sa'dullayev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda madaniyot uyi binosi qurilgandan buyon Madaniyat vazirligi tasarrufida bo‘lmaganini ma'lum qildi.

Жамшид Ниёзов
Tayyorlagan Жамшид Ниёзов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid