O‘zbekiston | 17:02 / 04.07.2020
12459
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp va Aleksandr Lukashenkoni tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Tramp va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni tabrikladi.

Foto: Getty Images

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampga Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenkoni Mustaqillik kuni bilan muborakbod etdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun AQSh o‘zining asosiy umummilliy bayrami - Mustaqillik kunini nishonlamoqda. Bu yil Amerika Britaniya hukmronligidan ozod bo‘lganiga 244 yil to‘ldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid