Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda yangi hukumat shakllantirildi
BAA bosh vaziri va Dubay hukmdori Muhammad bin Rashid Al-Maktum Twitterֹda hukumatda o‘zgarishlar amalga oshirilganini e'lon qildi. Yangi hukumatga o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni, jumladan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni amalga oshirish uchun bir yil vaqt beriladi.
Koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yengishga yordam berishi kerak bo‘lgan hukumatning qayta shakllantirilishi haqida iyunda e'lon qilingan.
O‘zgarishlar doirasida barcha davlat xizmatlari markazlari ishini 50 foizga raqamli platformaga o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyot va sun'iy ong bo‘yicha davlat vaziri lavozimi tashkil etilgan. Bundan tashqari, raqamli hukumat rahbari tayinlangan, u bu yo‘nalish bo‘yicha ishlarga rahbarlik qiladi.
50 foiz federal agentliklar va boshqarmalar yirikrok tuzilmalarga yoki alohida vazirliklarga birlashtirilgan. Jumladan, energetika va infatuzilma vazirliklari bir vazirlikka birlashtirilgan. Yangi vazirlikka uy-joy dasturi uchun javob beruvchi tuzilma hamda Federal yer agentligi qo‘shilgan. Vazirlikka Suhayl al-Mazruiy rahbar etib tayinlangan.
Shuningdek, BAAda sanoat va ilg‘or texnologiyalar vazirligi tashkil etilgan. Unga Abu-Dabi milliy neft kompaniyasi ADNOC’ga rahbarlik qilgan Sulton al-Jobir vazir etib tayinlangan. Shuningdek, iqtisodiyot vaziri lavozimiga Abdulloh bin Tuk al-Morriy va iqtisodiyot vazirligi doirasida kichik va o‘rta biznes hamda tashqi savdoga javob beruvchi ikki nafar davlat vaziri tayinlangan.
Ta'kidlash joiz, 33 kishidan iborat yangi hukumatdagi lavozimlardan uchdan birini ayollar egallagan.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025