Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putinning jiyani korrupsiyaga qarshi partiyaga rais etib saylandi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning jiyani, Federal xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi va tadbirkor Roman Putin “Xalq korrupsiyaga qarshi” (Narod protiv korrupsii) partiyasiga rais etib saylandi. Bu haqda partiyaning bosh siyosiy kengashi raisi Grigoriy Anisimov ma'lum qildi.
42 yoshli Putinning nomzodi bo‘yicha ovoz berish yashirin tarzda o‘tkazilgan. U partiyaga 21 iyundagina qabul qilingandi. Partiya uning kelishi bilan o‘z rivojlanishida, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishida va aksilkorrupsiyaviy faoliyatida yangi turtki olishini kutmoqda.
Roman Putin mart oyida “Kommersant” nashriga bergan intervyusida fevralda tashkil etilgan “Lyudi dela” harakati negizida o‘z siyosiy partiyasini tashkil etmoqchiligini ma'lum qilgan. U yangi partiyaning bosh maqsadi davlat dumasiga kirish bo‘lishini aytgan.
Roman Putin Vladimir Putinning amakivachchasi Igor Putinning o‘g‘li bo‘lib, Federal xavfsizlik xizmatida tezkor xodim bo‘lib ishlagan, 2012 yil boshida Novosibirsk oblasti gubernatori maslahatchisi etib tayinlangan va 2013 yildayoq bo‘shatib yuborilgan. U 2014 yilda Londonda Putin Consulting Ltd. kompaniyasini tashkil qilib, keyinchalik uning nomini “Putin Konsalting” MChJga o‘zgartirib, Rossiyaga ko‘chib o‘tgan.
Mavzuga oid
23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
13:20 / 13.03.2025
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
11:44 / 05.03.2025
Bosh vazirga 117 ta vazirlik va idoradagi «korrupsiyaga qarshi ichki nazorat» tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish topshirildi
11:30 / 05.03.2025