Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boliviya prokuraturasi sobiq prezidentni terrorizmda aybladi
Boliviya prokuraturasi mamlakatning sobiq davlat rahbari Evo Moralesni terrorizmda ayblab, rasmiy ayblov e'lon qildi va uning ushlanishiga order berdi. Bu haqda prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
“Audioyozuv ishi” bo‘yicha ish olib borayotgan prokurorlar komissiyasining xabar qilishicha, ular sobiq prezident Evo Moralesni terrorizm va terrorizmni moliyalashtirishda ayblashga qaror qabul qilishgan”, - deyiladi hujjatda.
Ayblovda qayd etilishicha, Morales o‘zining iste'fosidan so‘ng, avj olgan “2019 yil noyabr oyidagi to‘qnashuvlarda shaharlarning oziq-ovqat qamalini muvofiqlashtirib turgan”. “Qarorda, shuningdek, uning vaqtincha ushlanishi haqida so‘z boradi”, - deyiladi xabarda.
O‘z navbatida, sobiq prezident prokuraturaning bu qarorini noqonuniy va siyosiy ta'qib deb baholagan.
“La-Pas prokuraturasi noqonuniy tarzda konstitutsiyani buzgan holda montaj qilingan audioyozuv yordamida meni terrorizmda ayblashga urinmoqda. Hukumat tomonidan tizimli siyosiy ta'qibning “de fakto” yana bir ko‘rinishi”, - deb yozgan sobiq prezident Twitter sahifasida.
O‘tgan yilning noyabr oyida mamlakat IIV rahbari Arturo Murilo hukumat ixtiyorida Morales o‘z tarafdorlaridan biri bilan suhbatining audioyozuvi borligini xabar qilgan edi. Unda, sobiq davlat rahbari La-Pasni qanday qilib qurshab olish borasida maslahatlar bergan. IIV rahbari sobiq prezidentning bunday harakatlarini terrorizm va insoniyatga qarshi jinoyat sifatida baholagan edi. Morales esa, shaharlarni oziq-ovqat qamali qilishga chaqirganini inkor etmoqda.
Prokuraturaning qayd etishicha, kolumbiyalik ekspertlar tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijasi audioyozuvdagi ovoz “katta ehtimol bilan” Moralesga tegishli ekanini ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
18:39 / 02.05.2025
Boliviyada bortida besh kishi bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi
18:19 / 23.04.2025
AQShda terrorizmda gumonlanib hibsga olinganlar soni 655 foizga oshdi
18:54 / 10.03.2025
O‘zbekiston terrorizm tahdidi past bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirdi
17:45 / 08.01.2025