Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: 70 foiz rossiyaliklarning daromadi oyiga 25 ming rubldan oshmaydi
70 foizdan ko‘proq rossiyaliklarning o‘rtacha oylik daromadi 25 ming rubl (3,5 mln so‘m)dan ko‘p emas. Bunda, ularning 45 foizining daromadi 15 ming rublni (2 mln 100 ming so‘m) tashkil etadi. “Rosgosstrax jizn” va “Perspektiva” ilmiy-texnik markazi hamkorlikda o‘tkazgan ijtimoiy tadqiqot natijalari shunga dalolat qilmoqda, deb yozadi TASS.
Fevral oyida o‘tkazilgan shu kabi tadqiqotda oyiga 5 ming rubl (700 ming so‘m) daromadga ega bo‘lgan fuqarolar soni 6,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu safargi o‘rganishlarda bu ko‘rsatkich 8,1 foizga ortgani aniqlangan. Demak, oyiga 5-15 ming rubl daromadga egalar soni 31,2 foizdan 36,5 foizga oshgan, 15-25 ming rubl daromad oluvchi fuqarolar ulushi 25,6 foizdan 28,2 foizga o‘sgan.
Umuman, 15-25 ming rubl daromadga ega fuqarolar Xabarovsk o‘lkasida (50 foiz), Moskva (43,8) va Belgorod (41,7) viloyatlarida istiqomat qiladi, deyiladi tadqiqotda.
Shu bilan birga, oylik daromadi 25-35 ming rublni tashkil etuvchilar soni 15,3 foizdan 13 foizga, 35-50 ming rubl daromad qiluvchilar 11,5 foizdan 8,5 foizga hamda 50-100 ming daromad qiluvchilar 7,6 foizdan 3,5 foizga pasaygan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:18 / 12.05.2025