Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus suv omboriga quladi
Avtobus noma'lum sababga ko‘ra yonboshga ag‘darilib, yo‘l chetidagi to‘siqlarni sindirgan va Anshun shahridagi suv omboriga qulab tushgan.
Xitoyning Guychjou provinsiyasida ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus suv omboriga qulab tushdi. Bu haqda provinsiya favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Avtobusdagi yo‘lovchilar va jabrlanganlar soni haqida hozircha ma'lumot berilmagan.
Xabar qilinishicha, avtobus noma'lum sababga ko‘ra yonboshga ag‘darilib, yo‘l chetidagi to‘siqlarni sindirgan va Anshun shahridagi suv omboriga qulab tushgan.
Guychjou provinsiyasi yong‘in xavfsizligi boshqarmasining bildirishicha, voqea joyida 100ga yaqin qutqaruvchilar, jumladan 17 nafar g‘avvos ish olib bormoqda.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025