Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuzlab yirik kompaniyalar Facebook’ka boykot e'lon qildi. Sabab?
Facebook rahbari Mark Tsukerberg bir necha yuz yirik kompaniyalar reklama shartnomalarini bekor qilgani bois, milliardlab dollar zarar ko‘rmoqda. Kompaniyalarning fikricha, Facebook rahbariyati o‘z platformasida irqiy guruhlar va soxta xabarlarga qarshi kurashishda juda kam ish qilmoqda. Shu bois, ijtimoiy tarmoqda reklama berishni istamayotgan kompaniyalar soni ortib bormoqda.
Foto: Stephen Lam/Getty Images
Xususan, The North Face, REI, Patagonia, Verizon, Hershey, Honda America, Starbucks, Lego, Levi’s va hatto Coca-Cola ham bu tarmoqda reklama mahsuloti joylashtirishdan bosh tortmoqda. Bunda Coca-Cola nafaqat Facebook va Instagram, balki Twitter, YouTube kabi platformalarda ham reklama xarid qilmasligini bildirdi.
Volkswagen Group of America esa, o‘z bayonotida, “reklama bo‘yicha hamkorlarimiz bizning qadriyatlarimizni aks ettirishini kutayapmiz”, deya ta'kidladi.
Qayd etish o‘rinliki, Amerikaning qator huquqni himoya qilish tashkilotlari mamlakat biznes hamjamiyatlariga alohida chaqiruv bilan chiqqan edi.
Vloomberg agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, iyun oyi oxirida Tsukerberg boykot tufayli 7,2 mlrd dollari yo‘qotgan. Gap, Facebook rahbarining arzonlashgan aksiyalar sababli aktivlar qiymati pasayishi haqida bormoqda.
Shu bilan birga, barcha kompaniyalar ham boykotga qo‘shilmoqda, deyish noo‘rin.
CNN tahlilchilari aniqlashicha, platformada reklama beruvchi 100ta eng yirik kompaniyalarning ayrimlari shartnomani bekor qilmagan. Ular orasida Walmart, American Express, Netflix, Domino's va boshqalar ham bor.
Facebook moliyaviy hisobotlariga ko‘ra, platformaning 2019 yilgi reklama daromadi 70 mlrd dollarga yaqinni tashkil etgan, bu 2018 yil bilan qiyoslaganda 27 foizga ko‘p demakdir. Bunda, uning asosiy mijozlari kichik va o‘rta biznes hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi
18:39 / 17.02.2025
Ilon Maskning DOGE rahbari lavozimidagi faoliyati sabab Tesla’ga qarshi boykot boshlandi
12:02 / 09.01.2025
«Xavf bo‘lmay turganda erkinlikni qo‘llab-quvvatlayman, deyish oson» - Durov Tsukerbergning bayonoti haqida
20:42 / 17.12.2024