Karantin muddati 14 kundan 10 kunga qisqartirilganiga izoh berildi
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarni karantinda saqlash muddati 14 kundan 10 kunga qisqartirildi.
SSV qoshidagi shtab a'zosi Habibullo Oqilov 8 iyul kungi matbuot anjumanida bunga izoh berdi.
«Havo-tomchi orqali yuqadigan virus kasalliklarining hammasi uchun inkubatsion davr 14 kun sifatida qabul qilingan. Biroq hozir jahonda ko‘plab mutaxassislarning o‘rganib chiqishiga ko‘ra, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat nisbatan farq qiladi.
Bunda COVID-19’ning birinchi alomatlari paydo bo‘lgan kundan boshlab orqaga 5 kun hisoblab chiqiladi. Chunki kasallanish birinchi alomat paydo bo‘lishidan oldinroq sodir bo‘ladi. Koronavirus birinchi alomat paydo bo‘lgandan so‘ng 7-kun ham yuqumli hisoblanadi, 8-kuni esa kasallik davom etavergani bilan yuqtirish qobiliyati qolmaydi», – deya tushuntirdi Habibullo Oqilov.
SSV vakilining so‘zlariga ko‘ra, 8-kundan so‘ng COVID-19’ning yuqish qobiliyati susayishi hisobga olingan holda zaxiraga yana 2 kun qo‘shib hisoblangan va yangi karantin muddati 10 kun etib belgilangan.
«Jahon tajribasida shunday», – dedi Oqilov.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslar endilikda uy sharoitida karantinda saqlanadi.
Uy sharoitida davolanayotgan va karantinga olinganlarga tibbiy maslahat va axborot berib borish maqsadida tun-u kun faoliyat ko‘rsatuvchi koll-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
00:22 / 26.11.2022
Pekinda koronavirus avj olgani tufayli yangi cheklovlar kiritilmoqda
22:24 / 07.11.2022
Angliyada uy parrandalariga lokdaun e’lon qilindi
12:45 / 19.07.2022