Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pandemiya sababli aeroportda 109 kun qolib ketgan sayyoh uyiga reysga kech qoldi
Filippin poytaxti Manila shahri aeroportida pandemiya sababli 109 kun qolib ketgan estoniyalik Roman Trofimov uyiga reysga kech qoldi.
Bu haqda sayyohning o‘zi Facebook’dagi sahifasida so‘zlab bergan.
Trofimov Manila aeroportiga 20 mart kuni kelgan va unga darhol mamlakatga kirish rad etilgan. O‘sha kuniyoq estoniyalik o‘z parvozini amalga oshirgan AirAsia aviakompaniyasi o‘z faoliyatini to‘xtatib, kompaniya vakili unga karantin tugashini kutishiga to‘g‘ri kelishini aytgan.
Shu sababli erkak aeroport binosida 109 kun o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan. U aeroportdan olib borgan videomurojaatlarida u bilan yuz bergan vaziyat haqida ma'lumot tarqatishda yordam berishni so‘ragan hamda nogiron ekanligi va ahvoli tobora yomonlashayotganini ma'lum qilgan. Natijada Estoniya hukumati sayyohni olib chiqish uchun evakuatsiya reysi tashkil etgan.
7 iyulda Trofimov nihoyat Maniladan Amsterdamga uchgan. U yerdan sayyoh Tallinga uchishi kerak bo‘lgan. Biroq Trofimov 8 iyulda aloqaga chiqib, uyiga reysni o‘tkazib yuborganini ma'lum qilgan. “Meni kutib oladigan barchaga – afsuski, men Estoniyagacha samolyotga chiqishga ulgurmadim. Tashvishlanish uchun sabab ko‘rmayapman: bir kun oldin, bir kun keyin men uyimda bo‘laman. Mening bosh maqsadim - ozodlikka erishish va Filippindagi tutqunlikdan chiqishga erishdim”, deb yozgan o‘z xabarida Trofimov.
Mavzuga oid
18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
01:24 / 02.05.2025
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi
22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi
22:37 / 08.04.2025