Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiyada karantinga qarshi namoyishlar hokimiyatni egallab olishga urinish deb ataldi
Rasmiy Belgrad mamlakatda 2 kundan beri yuz berayotgan tartibsizliklar odamlarning koronavirus tarqalishiga qarshi kiritilgan yangi choralarga stixiyali munosabati bo‘lmagan, deb hisoblamoqda.
Serbiya ichki ishlar vaziri Neboysha Stefanovich ushbu tartibsizliklarni mamlakat rahbariyatiga saylovlarda ishtirok etmasdan kelishni istayotganlarning hokimiyatni egallab olishga urinishi deb tushuntirdi.
Uning fikricha, norozilik aksiyalariga hukumatning koronavirusning yangitdan avj olishiga qarshi kiritgan cheklovlari olib kelmagan, balki ularga oldindan tayyorgarlik ko‘rilgan.
Ichki ishlar vazirining aytishicha, politsiyachilar namoyishchilar ularga toshlar, yonuvchi aralashmali shisha idishlar va hattoki belkuraklar uloqtirganiga qaramay, o‘zlarini bosiq tutganlar va faqatgina hayotlari xavf ostida qolgandagina javob berganlar. U zo‘ravonlikka aloqador barcha javobgarlikka tortilishiga va'da bergan.
Avvalroq poytaxt Belgraddagi tartibsizliklar shaharda komendantlik soati kiritilishi haqidagi xabardan keyin boshlanib ketgani ma'lum qilingandi. Namoyishchilar politsiya mashinalariga hujum qilib, hattoki parlament binosiga bostirib kirishgan. Bunga javoban politsiyachilar ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llashgan.
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich tartibsizliklarning uyushtirilishida ultrao‘ng guruhlarni ayblagan. 8 iyuldagi namoyishlarning aksariyat ishtirokchilari niqoblarda bo‘lgan va Vuchichning ketishini talab qilgan.
Mavzuga oid
14:23 / 23.05.2025
Kaya Kallas: Serbiya geosiyosiy tanlov qilishi kerak
20:35 / 07.05.2025
Moskvaga kelayotgan Serbiya prezidenti dronlar tufayli Bokuga qo‘nishga majbur bo‘ldi
01:17 / 07.05.2025
NATOning uch davlati Vuchich va Fitso samolyotlarining Moskvaga uchishini taqiqladi
16:03 / 17.04.2025