Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adham Ikromov: «Yil oxiriga qadar faoliyat yuritmayotgan korxonalarning 70 foizi faoliyatini tiklash topshirig‘i berildi»
«Pandemiyaga qaramasdan, O‘zbekistonda 2020 yilning birinchi yarmida 46 ming 600ta kichik va o‘rta biznes sub'yektlari tashkil etilgan», degan O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov 8 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidan so‘ng.
«2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan 23 mingta tadbirkorlik sub'yektining ish faoliyati to‘xtab qolgan yoki boshlanmagan. Prezident topshirig‘i bilan biz soliq idoralari bilan birgalikda har bir hudud, har bir sektor bo‘yicha ularga qanday imtiyozlar, qanday yordamlar kerakligini, qanday muammolari borligini aniqlaymiz», — dedi Ikromov.
Adham Ikromovning so‘zlariga ko‘ra, 2020 yil oxiriga qadar bu korxonalarning 70 foizi faoliyatini tiklash topshirig‘i berilgan.
«Yarim yildan buyon pandemiya davom etayotganiga qaramasdan, respublikamizda kichik va o‘rta biznesda yangi 46 ming 600ta korxona tashkil etildi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan hamkorlikda bu korxonalarga biznes yuritishni o‘rgatish, kreditlar ajratish orqali yordam berish topshirig‘i berildi.
37 mingta xonadonga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida qo‘shimcha 1 trillion so‘mdan ortiq kredit ajratish talab etilayotgani aytib o‘tildi. Shuning uchun tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘shimcha 100 mln dollar resurs ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, sektorda ishlaydigan hokim, prokuror, ichki ishlar va soliq idoralari xodimlari tadbirkorlarning muammolarini hal etishda Biznes ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi, Savdo-sanoat palatasining Ohangaron tumanidagi tajribasini respublikada keng tatbiq etish masalasi qo‘yildi», — dedi Adham Ikromov.
Eslatib o‘tamiz, 8 iyul prezident raisligida o‘tgazilgan videoselektor yig‘ilishi hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda budjet tushumlarini so‘zsiz ta'minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlandi.
Yig‘ilishda xususan, tadbirkorga ko‘proq sharoit yaratib berish, jumladan, elektr, gaz, suv ta'minoti, yo‘l, kredit bilan bog‘liq masalalarni yechib berish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Faoliyat boshlayotgan kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning mutlaqo yangi tizimini ishlab chiqish topshirig‘i berildi. Bunda tadbirkorni maxsus kurslarda o‘qitish, sub'yektni ro‘yxatdan o‘tkazish, asbob-uskuna sotib olish xarajatlarining bir qismiga grant ajratish nazarda tutiladi. Ushbu tizimning vertikal ijrosini ta'minlash uchun hozirda faqat respublika darajasida faoliyat yuritayotgan Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi ishini tumangacha tushirish lozimligi qayd etildi.
Mavzuga oid
00:22 / 25.12.2022
Adham Ikromov Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi lavozimiga tayinlandi
18:57 / 01.12.2022
Amputantlar terma jamoasi a’zolariga avtomobillar berilishi mumkin
13:01 / 23.11.2022
Sportni rivojlantirish vaziri amputantlar jamoasi bilan uchrashdi - qo‘shimcha rag‘batlantirishga va’da berildi
14:58 / 18.02.2022