Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kosonda ichimlik suv ta'minotini yaxshilash uchun 50 mln dollarlik loyiha amalga oshiriladi
284 mingdan ortiq kishi istiqomat qiladigan Qashqadaryoning Koson tumanida aholining 33 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlangan. Yangi loyihaga ko‘ra, ana shu ta'minlanish darajasi 75 foizga yetishi mumkin.
«2017–2021 yillarda ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida»gi prezident qaroriga asosan «Koson tumani markazi hamda Kitob–Shahrisabz yerosti suv konidan suv olish quvuriga yaqin bo‘lgan qishloq aholi punktlarining suv ta'minoti tizimini rekonstruksiya qilish» loyihasi ishlab chiqilgan.
Koson tuman hokimligining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, mazkur loyiha amalga oshirilgach, 90 ming aholiga ichimlik suvi yetib boradi. Shu tarzda tumanda ichimlik suvi bilan ta'minlanish darajasi 75 foizga yetadi. Tumanda «Markaziy», «5-mitti tumani», «Pudina», «Sherbek» va «Ushoqtepa» suv to‘plash va uzatish inshootlari, 61 km magistral va ichki ichimlik suv tarmoqlari rekonstruksiya qilinadi hamda 112,4 km yangi tarmoqlar quriladi.
Ushbu loyihani Saudiya rivojlantirish fondi va xalqaro OPeK jamg‘armalari hisobidan 2023 yilgacha to‘liq amalga oshirish ko‘zda tutilgan. OPeK Xalqaro Taraqqiyot Jamg‘armasi va «Kommunxizmat» agentligi, Qashqadaryo viloyat hokimligi, «Qashqadaryo suv ta'minoti» MChJ bilan tomonlar o‘rtasida bitim imzolangan.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
20:39 / 01.05.2025
Quvurlardan kelayotgan suv ichishga yaroqli ekani aytildi
19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda
12:07 / 15.04.2025