Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Loon aerostatlari Keniyada internet tarqata boshladi
Alphabet’ning sho‘'ba korxonasi Project Loon aerostatlari ko‘plab sinovlardan keyin birinchi tijoriy shartnomani bajarishga kirishdi. Endi Keniyadagi yuz minglab foydalanuvchilar mutlaq yangi usuldagi mobil internetga ulana oladilar.
Aerostatlardan iborat tarmoq ishining ilk kunlari unda 35 mingdan ko‘proq kishi ro‘yxatdan o‘tgan.
Project Loon maxfiy ishlanmalar laboratoriyasi Google X lab’ning sayyoraning mobiq aloqa bilan muammolarga ega olis hududlarida internetga ulanish bo‘yicha paydo bo‘lgan korxona hisoblanadi. G‘oya bortidagi telekommunikatsiya qurilmalarini elektr energiya bilan ta'minlash uchun quyosh energiyasini oluvchi aerostatlar tayyorlash va ularni stratosferaga chiqarishdan, stratosferada esa mashinaviy o‘rganish algoritmlari aerostatlarni tarmoqqa birlashtirib, pastdagilarning ulanishini ta'minlashidan iborat bo‘lgan.
Aerostatlarning sinovlari Yangi Zelandiyada va Braziliyada hamda Perudagi zilzila va Puerto-Rikodagi dovul vaqtidagi favqulodda vaziyat sharoitlarida o‘tgan. So‘ngra Loon Keniyaning Telkom kompaniyasi bilan hamkorlik kelishuvini tuzgan.
Bu Loon texnologiyasining nafaqat birinchi tijoriy qo‘llanishi, balki Afrikada stratosferadan uzatiluvchi internet birinchi marta paydo bo‘lishi hisoblanadi. Tarmoqning xizmat ko‘rsatish hududi Keniyaning markaziy va g‘arbiy qismidagi 50 ming kvadrat kilometr hududni qoplaydi, uning foydalanuvchilari soni esa 35 mingdan oshib ketdi.
Aerostatlar ancha yuqori ko‘chirish tezligi - 18,9 Mbit/soniya tezlikni ta'minlaydi. Loyiha uchun mas'ullar tarmoqning ishonchliligi stratosferaga yanada ko‘proq havo sharlari ko‘tarilgach oshishiga umid qilishmoqda. Biroq tarmoq hozirgi holatidayoq YouTube, WhatsApp, elektron pochta va veb-sahifalarni ko‘zdan kechirishni qo‘llab-quvvatlashini isbotlay oldi.
May oyida Project Loon dunyodagi eng yirik telekommunikatsiya kompaniyasi AT&T bilan favqulodda vaziyatlar holatida mobil aloqa xizmatlarini taqdim qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu esa favqulodda vaziyatda mobil aloqa qisqa fursatlarda tiklanishini anglatadi.
Mavzuga oid
09:17 / 01.07.2023
Pentagon Xitoy aerostati razvedka ma’lumotlari to‘plaganini rad etdi
20:27 / 17.11.2020
Raqamli iqtisodiyot rivojiga bank tizimi va internet zarur - «O‘zbekiston eksportchilari» uyushmasi raisi
08:41 / 06.11.2020
O‘zbekistonda talabalar uchun internet trafigi sarflanmaydigan maxsus platforma ishlab chiqish taklif qilindi
13:52 / 02.11.2020