Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgut tumani hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi, u vaqtincha hokim vazifasini ham bajaradi
Samarqand viloyati hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari lavozimida ishlab kelgan Azamat Turonov Urgut tumani hokimining iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Urgut tumani hokimligi Mamatjon Turdiyev ayni paytda mehnat ta'tilida bo‘lgani sababli A.Turonov vaqtincha hokim vazifasini ham bajaradi.
A.Turonov 1995 yilda Turkiyaning Uludag‘ universitetini tamomlagan. 2018-2019 yillarda Jomboy tumani hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:31 / 08.04.2025
Urgutda giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi
10:56 / 02.03.2025
Urgutga temiryo‘l liniyasi tortiladi
11:38 / 17.11.2024
Samarqandda 3 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga hukm o‘qildi
10:06 / 19.09.2024