Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook siyosiy reklamalarga cheklov qo‘yishni rejalashtirmoqda
Facebook kompaniyasi o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida 3 noyabrda Qo‘shma Shtatlarda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlaridan avval siyosiy reklamalarga cheklov qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg News kompaniya rejalari bilan tanish manbalariga tayangan holda xabar qildi.
Hozircha, bu cheklov qanday ko‘rinishda bo‘lishi muhokama qilinmoqda va yakuniy to‘xtamga kelinmagan, deyiladi xabarda.
Facebook rasmiy vakili esa, bu xabarni izohlamagan.
Ijtimoiy media kompaniyasi siyosatchilarning reklamalari va nutqlarini faktcheking qilmasdan, ya'ni tekshirmasdan e'lon qilishi bois tanqidga uchragan edi. O‘tgan yili unga qaraganda kichikroq hajmdagi Twitter Inc kompaniyasi o‘z tarmog‘ida siyosiy mavzulardagi reklamalarni cheklashga qaror qilgandi.
Mavzuga oid
08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi
14:54 / 22.03.2025
Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida qariyb 35 ming dollarga sotildi
18:16 / 13.02.2025
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi
12:02 / 09.01.2025