Sport | 15:00 / 12.07.2020
6401
2 daqiqa o‘qiladi

Belarus chempionati. Yaxshiboyev «Shaxtyor»ning yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi. U gol va gol+assist bo‘yicha yaqqol yetakchi

Belarus chempionatida 17-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Chempionat yetakchisi «Shaxtyor» o‘z maydonida «Gorodeya»ni qabul qilib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Gollardan birini «konchilar» safida debyut qilgan o‘zbekistonlik Jasur Yaxshiboyev urdi. U ikkinchi bo‘limda yangi jamoasi safida debyut qilib, ilk golini urishi uchun 36 daqiqa yetarli bo‘ldi.

Bu Yaxshiboyevning chempionat joriy mavsumidagi 10-goli bo‘ldi va hujumchi bu borada jamoadoshi Vitaliy Lusakovichni ortda qoldirib, yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Gol+assist bo‘yicha ham Yaxshiboyev yaqqol yetakchi: 10ta gol+3ta uzatma. «Gorodeya» bilan o‘yinda ikkita golga assistentlik qilgan Lisakovich bu borada ikkinchi: 9ta gol+2ta assist.

Belarus Oliy Ligasi, 17-tur

ShAXTYoR – GORODeYa 4:1

Gollar: Antich (7), A.Arxipov (38), Ivanovich (40), Yaxshiboyev (83) – S.Arxipov (50).
Shaxtyor: Gutor, Vukmanich, Xadarkevich, Sachivko, Antich, Ivanovich (Yaxshiboyev, 46), Selyava, Szoke, Podstrelov, Lisakovich (Bodul, 78), A.Arxipov (Burko, 84).
Gorodeya: Dovgyallo, Shestilovskiy, Baglay (Pashevich, 81), Yoksimovich, Shibun, Bayduk, Volovik, Saychich, Volovich, Poznyak, S.Arxipov (Shavel, 90).

Mavzuga oid