Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Xavfsizlik kengashi beshinchi urinishda Suriya bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi
BMT Xavfsizlik kengashi 11 iyulda Suriya bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatni 12 ta davlat qo‘llab-quvvatlagan, Rossiya, Xitoy va Dominikana betaraflik bildirgan.
Yakuniy rezolyutsiya juda qisqa chiqqan va u Suriyaga yordamning transchegaraviy mexanizmi haqidagi 2139-sonli rezolyutsiya amal qilishini yana bir yilga uzaytiradi. Biroq ushbu mexanizmdan Bob-as-Salom (Suriya va Turkiya chegarasida), Al-Yorubiya (Iroq bilan chegarada) va Al-Ramta (Iordaniya bilan chegarada) punktlari istisno qilingan. Yangi qarorga ko‘ra, Suriyaga insonparvarlik yordami faqatgina bir punkt – Turkiya bilan chegaradagi Bob-al-Havo orqali yetkaziladi.
Ushbu hujjat Belgiya va Germaniya tomonidan taklif qilingan. Dastlab ushbu davlatlar yordam yetkazish uchun ikkita o‘tkazish punkti qoldirilishini talab qilishgan, biroq yakuniy variantda bir punktning amal qilishini uzaytirishga rozi bo‘lingan.
11 iyuldagi ovoz berish Xavfsizlik kengashining Suriya bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qilish bo‘yicha beshinchi urinishi bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
10:48 / 22.05.2025