O‘zbekiston | 00:04 / 12.07.2020
87570
2 daqiqa o‘qiladi

Kunlik o‘sish bo‘yicha antirekord yana yangilandi. Aholi orasida yuzga yaqin holatlar aniqlandi

11 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12513 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi soatlarda yana 111 kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan.

Yangi kasallanish holatlarining 34tasi Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 62 nafari Andijon viloyatida (shundan 43 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 19 nafari aholi orasida), 15 nafar Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

«Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 140 nafar, Andijon viloyatida 31 nafar, Jizzax viloyatida 10 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar hamda Samarqand viloyatida 5 nafar, jami 193 nafar bemor tuzaldi», – deyiladi xabarda.

Shu tariqa, 11 iyul kuni O‘zbekistonda 486 kishida koronavirus aniqlanib, yangi antirekord qayd etildi.

486ta holatdan 391tasi karantin muassasalarida aniqlangan bo‘lsa, 95ta holatda aholi orasidan virus chiqqan: Toshkent shahrida – 48ta, Andijon viloyatida –19ta, Buxoro viloyatida –15ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida –13ta.

11 iyulda koronavirusdan o‘lim qayd etilgan hududlar safi yana bittaga kengaydi: Xorazm viloyatida 56 yoshli erkak vafot etdi. Shuningdek, Toshkentda 50 va 66 yoshli ikki ayol hayotdan ko‘z yumdi. Virus qurbonlari qayd etilmagan faqat Andijon va Sirdaryo viloyatlari qolmoqda (Sirdaryodagi barcha bemorlar Toshkent shahrida davolanmoqda).

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 12513 nafar bemordan 7723 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 61 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda 4733 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda. Ulardan 45 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid