Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi toshqinlar natijasida qariyb 38 million kishi jabr ko‘rdi
Toshqinlar atijasida 28 mingdan ortiq inshoot vayron bo‘lgan, 3,5 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari yaroqsiz holga kelgan. Tabiiy ofat keltirgan zarar 82,2 milliard yuan deb baholanmoqda.
Xitoyning 27 provinsiyasida sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida qariyb 38 million kishi jabrlandi, 140dan ortiq kishi halok bo‘ldi.
Keyingi haftalarda to‘xtovsiz yog‘ingarchiliklar natijasida Xitoydagi o‘nlab daryolarda suv sathi keskin ko‘tarildi.
Xabar qilinishicha, tabiiy ofatdan 37,9 million kishi jabr ko‘rgan, 141 kishi vafot etgan yoki bedarak yo‘qolgan, 2,25 million kishi evakuatsiya qilingan.
Toshqinlar natijasida 28 mingdan ortiq inshoot vayron bo‘lgan, 3,5 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari yaroqsiz holga kelgan. Tabiiy ofat keltirgan zarar 82,2 milliard yuan deb baholanmoqda.
Sinxua agentligining ma'lumot berishicha, 4 iyuldan buyon mamlakatdagi 212ta daryoda suv sathi xavfli darajaga ko‘tarilgan, 19ta daryoda suv sathi ko‘tarilishi bo‘yicha tarixiy rekordlar qayd etilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025