Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh sanitariya inspektori: «Tavsiyaviy qo‘llanmalar tayyor. Yaqin vaqtlar ichida e'lon qilinadi»
Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan va uyda qolib davolanayotganlar uchun tavsiyaviy yo‘riqnomalar qachon e'lon qilinishi masalasiga to‘xtaldi.
«Uyda qolib davolanuvchilar uchun tavsiyalar masalasida Behzod Anvarovich raisligida (Behzod Musayev – bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari. – tahr) yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi uyda davolanuvchilar uchun tartiblar ishlab chiqilgani va kasallikdan himoyalanish uchun sanitar-gigiyenik qoidalar to‘g‘risida axborot berdi.
Vazirlik uni yaqin orada keng jamoatchilikka yetkazadi. Bu axborot esa hamma uchun yetarli darajada taqdim qilinadi», dedi Nurmat Otabekov.
Nurmat Otabekov 12 iyul kuni Kun.uz muxbiriga telefon orqali bergan intervyusida kasallikka chalinib uyda davolanayotgan bemorlar uchun qo‘llanma tayyorlash jarayoni yakuniga yetgani, hozir uni barcha tashkilot va vazirliklarga yetkazish uchun ko‘paytirish jarayoni ketayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror
17:37 / 31.01.2025
“Bu ma’lumotni berib borishimiz kerak” – Nurmat Otabekov havo ifloslanishidan erta ogohlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish haqida
18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
16:06 / 07.06.2024