Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayo Sofiya maqomi o‘zgartirilishi sababli Gretsiyadagilar Turkiya tovarlarini xarid qilmaslikka chaqirishmoqda
Gretsiyada Istanbuldagi Ayo Sofiya muzey-ibodatxonasi masjidga aylantirilgani sababli Turkiyada ishlab chiqarilgan tovarlarni boykot qilishga chaqirildi. Turkiya Gretsiya mahsulotlarining eng muhim importchilaridan biri hisoblanadi, biroq shu bilan birga, u sababli Gretsiya mudofaa va muhojirlarga katta mablag‘lar sarflashiga to‘g‘ri kelmoqda.
Shu sababli Pireya savdo-sanoat palatasi prezidenti, tadbirkor Vasilis Korkidis grek tadbirkorlarini Turkiya bilan savdoga embargo kiritishga, iste'molchilarni esa Turkiyada ishlab chiqarilgan tovarlarni xarid qilmaslikka chaqirgan. Bu haqda Naftemporiki nashri xabar berdi.
U iste'molchilardan 868 va 869 shtrix-kodlari bilan boshlanuvchi tovarlarni xarid qilmaslikka chaqirgan.
Korkidis, shuningdek, Gretsiya hukumatiga Yevropa ittifoqiga Turkiyaga qarshi savdo sanksiyalari kiritish iltimosi bilan murojaat qilishni taklif qilgan. Uning aytishicha, barcha Turkiya tovarlari boykot qilingandan keyin aks javob bo‘lishi va bundan Gretsiya iqtisodiyotiga katta zarar yetishi mumkinligini yaxshi anglaydi.
Ta'kidlanishicha, Gretsiyadan Turkiyaga tovarlar eksporti 1,4 mlrd dollarga, Turkiyadan Gretsiyaga import hajmi esa bir mlrd dollarga yetadi.
Avvalroq Turkiyada Istanbuldagi Ayo Sofiya muzeyini masjidga aylantirish qarori qabul qilingandi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025