O‘zbekiston | 15:35 / 14.07.2020
17924
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda besh mamlakatning yuzdan ortiq fuqarosi virus yuqtirgani ma'lum bo‘ldi

Foto: Getty Images

Qashqadaryoda yuzdan ortiq boshqa davlat fuqarolari koronavirus yuqtirgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati maxsus komissiyasining axborot xizmati xabar bergan.

Unga ko‘ra, ayni damgacha Qashqadaryo viloyatida 397 kishi koronavirus yuqtirgan. Shundan 294 nafari o‘zbekistonliklar bo‘lsa, qolgan 103 nafari boshqa mamlakat fuqarolari. Xususan, 94 nafar Qozog‘iston fuqarosi, 6 nafar Turkiya fuqarosi va bir nafardan Ukraina, Hindiston va Tailand fuqarolari Qashqadaryoda bo‘laturib virus yuqtirgan holda viloyatdagi kasalxonalarda davolangan va davolanmoqda.

Qashqadaryo viloyati maxsus komissiyasining ma'lum qilishicha, bugun 6 bemor tuzaldi va viloyatda umumiy tuzalganlar soni 179 nafarga yetdi. Oldinroq Qashqadaryodagi koronavirusga topshirilgan test natijalari tekshiriladigan laboratoriya xodimlarining o‘zida virus aniqlangani ma'lum bo‘lgandi.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid