Jahon | 14:32 / 14.07.2020
2874
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda karantin 2 avgustgacha qadar uzaytirildi

Foto: Ruslan Pryanikov

Qozog‘iston hukumati cheklangan karantin choralarini koronavirus tarqalishi munosabati bilan yana 2 haftaga – 20 iyuldan 2 avgustga qadar uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda Asqar Mamin bayonotiga asosan TASS xabar qilmoqda.

“Sog‘liqni saqlash vazirligi taklifiga binoan epidemiologik holatning barqarorlashuvi uchun respublikada cheklovchi choralarni 20 iyuldan 2 avgustga qadar uzaytirish to‘g‘risida qaror qildik”, - degan bosh vazir. 

Mamlakat bosh vaziri, shunindek, karantin choralariga qat'iy rioya qilishga chaqirgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat cheklov muddati davomida daromadini yo‘qotgan fuqarolarga eng kam oylik ish haqi miqdorida, ya'ni - 42,5 ming tanga (103 AQSh dollari) beriladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid